IRKUTSK

IRKUTSK — RF dagi shahar (1686-y. dan), Irkutsk viloyati markazi. Angara daryosiga Irkut daryosi quyiladigan joyda. Baykal koʻlidan 66 km gʻarbda. T. y. stansiyasi, Angara daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 580 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). 1661-y. da vujudga kelgan. Angara daryosida Irkutsk GES qurilgan. Mashinasozlik sanoati rivojlangan (ogʻir mashinasozlik, stanoksozlik, aviatsiya, elektrotexnika z-dlari bor). Slyudaga ishlov berish f-kasi (radio va elektr sanoati uchun detallar), oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Rossiya FA Sibir boʻlimining ilmiy markazi, 8 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t), 4 teatr, memorial majmua, dirk, telemarkaz, planetariy, oʻlkashunoslik va badiiy muzey-dar ishlab turibdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x