KAPITEL

KAPITEL (lot. capitellum — kallak) — kolonna, ustunning tepa bezatilgan qismi (q. Bosha). K. lar qad. meʼmorlikdagi order tizimida (q. Meʼmorlik orderlari) takomillashtirilgan. U arxitrav (bosh ustun, xari)ni yoki ustiga qoʻyilgan yukni ushlab turadi. Kapitel dastlab Sharqsa, keyinchalik Yevropa meʼmorligida keng qoʻllanilgan. Oʻrta Osiyo, Sharq, Kavkazda ham milliy naqsh va bezakli Kapitellar mahalliy meʼmorlikning oʻziga xos uslubida shakllangan. Oʻrta Osiyoda Kushon podsholigi meʼmorligida gandxara anʼanalari taʼsirida korinf orderi uslubidan foydalanilgan (mas, Termiz, Ayritom va Tuproqqalʼadan topilgan Kapitellar). 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida Yevropa meʼmorligiga taqlidan Oʻzbekistonda bosh tarzini hashamatli, qator kolonnali Kapitel (paxta, meva va b. bezaklar) bilan pardozlangan binolar qurish avj oldi [Beshyogʻoch maydonidagi turar joy binosi (meʼmori M. Bulatov, 1955), Chirchikdagi kimyogarlar (meʼmori A. Petrosov, 1956) va Bekoboddagi metallurglar (meʼmori A. Boboxonov, 1950-60) madaniyat saroylari va b. ].3amonaviy binolar qurilishida Kapitelning oʻziga xos uslublari yaratilmoqda (metroning «Mustaqillik maydoni» bekati, Temuriylar tarixi davlati muzeyidagi Kapitel bezaklari va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x