IPAKCHILIK INSTITUTI

IPAKCHILIK INSTITUTI, Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti — pillachilik va ipakchilik muammolarini oʻrganadigan ilmiy tadqiqot muassasasi. 1927-y. 12 noyab. da Turkiston ipakchilik idorasi («Turkshyolk») Oʻrta Osiyo aksiyadorlik jamiyatining Ipakchilik madaniyati boʻlimi va Oʻrta Osiyo ipakchilik st-yasi negizida Oʻrta Osiyo ipakchilik va ipakshunoslik in-ti nomi bilan tashkil qilingan. 1931—91 y. larda Oʻrta Osiyo ipakchilik i. t. in-ti. 1991-y. dan hoz. nomda. Toshkent sh. da joylashgan. 1998-y. dan «Pilla xolding» xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. In-tda ipak qurti seleksiyasi, ipak kurti naslchiligi, ipak qurti genetikasi, ipak qurti tuxumchiligi, ipak qurti kasalliklariga qarshi kurash, ipak qurti agrozootexnikasi, tut seleksiyasi va agrotexnikasi, tut kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash, pillaga dastlabki ishlov berish va standartlash, ipakchilikni mexani-zatsiyalash, ipakchilik iqtisodiyoti lab. lari, ilmiy ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil qilish boʻlimi bor.

In-t olimlari tomonidan ipak kurtining 60 dan ortiq zot va duragaylari yaratilgan. Hoz. davrda Oʻzbekiston 5, Oʻzbekiston 6, Ipakchi 1 x Ipakchi 2, Ipakchi 2 x Ipakchi 1 kabi yuqori mahsuldor tolasi koʻp boʻlgan duragaylar ishlab chiqarishga joriy etilgan. Ipak qurti jinsini sunʼiy boshqarish borasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi va jinslari boʻyicha boshqariladigan (100% li erkak jinsli) duragaylar yaratildi. Tutning Oʻzbekiston, Surxtut, Tojikiston urugʻsiz tuti, Mankent, Pioner, SANIISH 33 kabi 9 navi yaratildi va r-nlashtirildi. Sifatli kurt tuxumi yetishtirish, sifatli pilla olish, ipak kurti va tut daraxtining kasalliklari va zararkunandalariga karshi kurash usullari, kuruq va tirik pillalarning davlat standartlari, ipak kurti tuxumi tay-yorlashdagi ish jarayonlarini mexani-zatsiyalash va b. masalalar oʻrganilgan.

In-t faoliyati E. F. Poyarkov, B. L. Astaurov, V. A. Strunnikov, U. Nasrillayev, X. Rasulov, M. Gʻaniyeva, O. Poʻlatov, Oʻ. Qoʻchqorov va b. olimlar nomlari b-n bogʻliq. In-tda pillachilikning eng muhim muammolarini oʻrganish boʻyicha katta yutukdarga erishildi. Tut ipak qurtining xavfli kasalligi boʻlgan pebrinaga qarshi kurashning yagona biologik usuli ishlab chiqildi [prof. E. F. Poyarkov (1885-1955)], sanoatbop qurt boqishda duragaylardan foydalanish, ipak qurti naslchiligi, partogenezi va sitogenetikasi oʻrganildi, ipak qurtining jahon geno-fondi yaratildi [prof. B. A. Astaurov (1907—1975)], ipak qurti genetikasi oʻrganildi, 100% li erkak jinsli du-ragaylar yaratildi (prof. V. A. Strunnikov), ipak kurtining serpushtlik va mahsuldorlik belgilari oʻzgaruvchanligi, irsiylanish, naslchilik ishining texnologik reglamenti, oilalarni baholash va tanlash usullari ishlab chi-qildi (prof. U. Nasrillayev), pillachilikka oid darsliklar, monografiyalar yaratildi. In-tda ipak qurti zotlarining 100 dan ortiq, tut navlarining 20 dan ortiq kolleksiyalari bor. In-tda 60 ilmiy xodim ishlaydi, ularning 6 nafari fan d-ri va 13 nafari fan nomzodi (2002).

In-tda kutubxona (10 mingga yaqin asar) faoliyat koʻrsatadi, aspirantura bor; ilmiy maqolalar, toʻplamlar, asarlar nashr qiladi.

Ad.: Abduqodirov Sh., Pillachiligimiz tarixidan lavhalar T., 2000.

Shodikarim Abduqodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x