INOZIT

INOZIT, geksaoksitsiklogek-san, siklit — olti atomli siklik spirt, shirin taʼmli, qattiq modda. Mol. m. 180,2. Suyuklanish t-rasi 225—227°. 9 ta stereoizomeri mavjud. Ulardan fakat mezoinozit V guruhidagi vitaminlarning xossalarini na-moyon kiladi. Suvda yaxshi eriydi. Organik erituvchilarda erimaydi. Oʻsimliklar tarkibida asosli fitin kislota va uning kalsiy-magniyli tuzi koʻri-nishida boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar uchun Inozit oʻsish omili hisoblanadi. Inson organizmining Inozitga boʻlgan ehtiyoji bir sutkada — 1 — 1,5 g. Ovqatda oqsil yetishmaganda Inozit jigarni yogʻ bosishining oldini oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x