INKRUSTATSIYA

INKRUSTATSIYA (lot. incrustatio — qadash) — bezash usuli; buyum, binolar (tarzi, interyeri va b.)ni badiiy bezashda keng qoʻllaniladi. Yogʻoch, tosh, sadaf, suyak, koshin va b. boʻlaklaridan qadab, yopishtirib naqsh, yozuv, tasvir hosil qilinadi. Bezatilayotgan sirtga undan boshqa material (yogʻoch, sadaf va b.)dan yoki ayni shu materialning boshka ranglisi (mas, oq mar-marga qora marmar, oq yogʻochga qora yogʻoch) oʻyib qadaladi. Xalq amaliy be-zak sanʼatida yogʻochga yogʻochdan Inkrustatsiya qilish muqatta, xotamkori deb ataladi. Yana q. Qadama, Qadama naqsh.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x