KALLA

KALLA (Zantadeshia aethiopica) , oddiy karnaygul — kuchaladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik manzarali oʻsimlik. Jan. Afrikadan keltirilgan. Botqoq oʻsimligi, namsevar, nordon muhitli, chirindili tuproqlarda yaxshi usadi. Tupining bal. 80—120 sm. Barglari katta, yaltiroq, keng yoysimon. Guli karnaysimon, oq, pushti (olov rang). Okt. —dek. da gullaydi. Urugʻi, bachki ildizlari yoki tuganagi (kuchalasi) ni boʻlish yoʻli b-n koʻpaytiriladi. May—iyul oylarida har bir katta yoshdagi oʻsimlikdan 3—10 tagacha bachki ildiz olish mumkin. Oynavonli salqin issiqxonalarga, sent. oyida asosiy joyiga ekiladi. Bir tup oʻsimlikdan yiliga 3—6 gul olinadi (1 m2-maydonga 12 oʻsimlik ekiladi). Kallaning barglari ham manzarali. Kesilgan gullar suvda 12—14 kun saklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x