Hotirani yaxshilash uchun tavsiyalar

Hotirani yaxshilash uchun tavsiyalar

16.11.2018
804
0
Ummu Aisha

Salomatlik / Foydali maslahatlar

Bilim insonlarini aytishicha, inson miyasi kun davomida milliardlab ma’lumotni qabul qilar ekan. Ularning faqat ma’lum qismi xotirada saqlanib qoladi. Ayniqsa, siz ko’rib, eshitib hamda yozib olgan ma’lumotlar keyinchalik eslashingizda qo’l keladi. Xo’sh, xotirani qanday qilib mustahkamlash mumkin? Quyida bu borada bir nechta tavsiya berib o’tmoqchimiz.
 
Yangiliklar ortidan quvib yashang! Xotirani rivojlantirishning eng qulay usullaridan biri doimo yangiliklarni miyada saqlashdir. Agar chet tilini o’rganayotgan bo’lsangiz, tizimga oid yangiliklardan boxabar bo’ling. Bu inglizcha «Use it or Lose it», ya’ni «Foydalaning yoki unuting» degan ma’noni anglatadi. Hamisha sohangizga doir qaynoq yangiliklarni o’rganib borsangiz, ularni avvalgisi bilan solishtirish imkoniyati tug’iladi. Bu esa xotiraning mustahkam bo’lishini ta’minlaydi.
 
Takrorlash — xotiraning onasi. Siz o’rgangan ma’lumot xech kimni qiziqtirmasa ham, uni kimgadir o’rgatishdan charchamang. Bu jarayon xotirada ma’lumotning mustahkamlanishini ta’minlaydi. Sizni tinglovchilar va suhbatingizga qiziquvchilar qanchalik ko’paysa, shunchalik miya faoliyati yaxshilanadi.
 
Tilimning uchida turibdi… Ba’zan shunday holatlar bo’ladiki, siz bilgan ma’lumot kerakli paytda yodingizdan ko’tariladi. Shunda ko’pchilik «tilimning uchida turibdi» deydi-yu, eslay olmaydi. Bu paytda o’sha ma’lumotlarga tegishli boshqa voqea-hodisani va ta’riflarni yodga oling. Shundagina ko’zlagan maqsadingizga erishasiz.
 
O’rganishning turli usullaridan foydalaning. Odatda insonlar ko’rib, eshitib va o’qib o’rganuvchilar toifalariga bo’linadi. Misol uchun, bir xil axborotni uch kishi uch usulda qabul qiladi. Bu o’zlariga qulayini tanlaganliklari uchundir. Siz ham o’zingizga qulay bo’lgan yana biron usulni o’zingizga hamroh qilsangiz, esda saqlash yanada osonlashadi.
 
Mashqlarni bir vaqtning o’zida bajarmang. Barcha xotirasi sira pand bermasligini hohlaydi. Lekin, har narsaning me’yori bor. Ya’ni barcha tavsiyalarni bir vaqtning o’zida bajarish miyangizga aks ta’sir ko’rsatishi mumkin. Har bir mashqdan so’ng kamida ikki soat boshqa yumumshlar bilan mashg’ul bo’ling. Kitob mutoala qiling yoki sayr qiling. Bu orada yana bir mashqni bajarishga urinmang.
 
Yuqorida berilgan tavsiyalarga hamisha amal qilib borsangiz, o’ylaymizki, xotirangiz sira pand bermaydi. Muhimi, o’zingizda ishonch hosil qilingki, u mukammal xotira egasi bo’lishingizga ko’maklashsin.

loading…

Katta yoshda ozishning havfsiz  yo'llari

Katta yoshda ozishning havfsiz  yo'llari

Yoshingiz 40 ga yetganida nima bo’ladi? Аfsuski, metabolizmingiz (moddalar almashinuvi) sekinlashadi. 40 yoshga kirganingizda ozish siz uchun yoshlikdagidan ko’ra

Tamaki vositalarini zararlari

Tamaki vositalarini zararlari

Tamaki tutuni 4000 ta turli komponentlardan iborat bo’lib, ularning 40 dan ortig’i odamlarda rak kasalligini keltirib chiqarar ekan. Tomakining zararli komponentlari:

Xonangizga mos parda tanlash sirlari

Xonangizga mos parda tanlash sirlari

Xonadonning fayzli, o’ziga xos dizaynli bo’lishida pardalar tanlovi juda muhim. Deraza uchun tanlangan pardalar badiiy bezaklardan tashqari, yana qanday vazifalarni

Lotofatli ayol uchun eng kerakli maslahatlar

Lotofatli ayol uchun eng kerakli maslahatlar

Dunyoda xunuk ayolning o’zi yo’q, faqat go’zal bo’lishni bilmaydiganlar bor, degan ekan bir faylasuv. Go’zallik deganda ko’pchilik chiroyli pardoz va kiyimg’kechakni

Bahtli yashashni 15 siri

Bahtli yashashni 15 siri

Mashhur yozuvchi Lev Nikolaevich Tolstoy barcha baxtli insonlar bir-birlariga o’xshashligini ta’kidlagandi. Xo’sh, ularning umumiy tomonlari aynan nimalarda ekan?

Sedana hususiyatlai va foydalari

Sedana hususiyatlai va foydalari

Sedana ingichka va qovoq urug’iga o’xshagan qurtlarni o’ldiradi, uni asal bilan isteьmol qilinsa, buyrak toshini tushiradi. 1 choy qoshiqdan kapalans, isitmani tushiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x