ILYOSXOJA

ILYOSXOJA (14-a.) – Moʻgʻuliston xoni (1363—65). Tugʻluq Temurnknt oʻgʻli. Ilyosxojaga Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Tyanshan etaklari, Irtish va Emil daryolari atrofidagi yerlar qaragan. 1361-y. kuzida otasi Movarounnahrga zafarli yurish qilib, Ilyosxojaga Movaro-unnahr hukumatini boshqarib turishni topshirgan. Moʻgʻullarning Movaro-unnahrdagi hukmronligini saqlab qolish maqsadida bir necha marta Amir Temur va Husayn (q. Husayn ibn Musal-lab) ga qarshi jang qilgan. 1364-y. hoz. Shahrisabz tumanining Namaton qishlogʻi yaqinida I. Temurbek hamda amir Husayn boshliq qoʻshin bilan boʻlgan jangda asirga tushgan. Biroq, asir olgan sipohlar uni bir nechta beklari bilan qoʻyib yuborgan. Koʻp sonli lashkar bilan takroran Movarounnahrga harbiy yurish qilgan Ilyosxoja 1364-y. yozida Toshkent va Chinoz oraligʻida Amir Temur va amir Husayn b-n qayta jangga kiradi va harb tarixidan Jangi loyLoy jangi») deb nom olgan ushbu toʻqnashuvda gʻalaba qozongan va Samarqandga yurish qilgan, biroq sarbadorlar va shahar aholisi qarshiligiga uchrab Movarounnahrni tashlab qochgan (q. Sarbadorlar qoʻzgʻoloni). 1365-y. I. Qaboqin mavzeida Sohibqiron va amir Husayn bilan boʻlgan navbatdagi jangda magʻlub boʻlgan va Jeta tomonga qochgan. U yerda Ilyosxoja dugʻlat aymogʻining sardori, taxt daʼ-vogari Qamariddin tomonidan oʻldirilgan. Ilyosxojani Chigʻatoy ulusshshnt poytaxti boʻlgan Olmaliq (Yettisuvdagi koʻhna shahar)da otasi Tugʻluq Temurxon qabri yoniga dafn qilishgan.

Hamidulla Dadaboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x