Sochlardagi qazg’oqlar ortiq muammo emas

Soch parvarishi alohida e’tibor talab qilishini yaxshi bilasiz. Sochlar qalin va jilokor bo’lishi uchun ma’lum retseptlarga ham egasiz. Biroq, soch parvarishida shunday bir muammo borki, u ko’pchilikni o’ylantirayotgani aniq. Bu — qazg’oqlardir. Savdo markazlarida «qazg’oqqa qarshi» deya yorliq yopishtirilgan shampunlarni xarid qilasiz-u, foydalanib ko’rgach, hafsalangiz pir bo’ladi…

Qazg’oq o’zi nima va qanday paydo bo’ladi?

Qazg’oq, bu bosh terisining uzoq vaqt davomida qurishi va qipiqchalar ko’rinishida ko’chib tushishi bilan xarakterlanuvchi sindromdir. Organizmda yog’ almashinuvi faoliyati buzilishi (teridagi yog’ miqdori, holati organizmning umumiy ahvoli, endokrin, asab, me’da-hazm qilish tizimi, jins va yosh, shuningdek, insonning qanday kasalliklar bilan og’riganiga bog’liq), dermatozlar, stress, rux yetishmovchiligi, sochga mos bo’lmagan shampundan foydalanish, sochni qaynoq suvda yuvish va gormonal o’zgarishlar — qazg’oq keltirib chiqaradi.

Uni qanday qilib yo’qotish mumkin?

Sochda qazg’oq ko’payishi sizni tashvishga solayotgan bo’lsa, quyidagi retseptlar yordamida buning oldini olish mumkin:

Qichitqi o’t (gazanda). Yangi uzilgan yoki quruq gazanda barglarini ezg’ilab, 1 stakan qaynoq suvga solib, bir kunga damlab qo’ying va ertasi kuni suyuqlikni dokadan suzib oling, suzib oling. Damlamani 2 oy davomida haftada 2 marta bosh terisiga surish lozim.

Аsal. Bir choy qoshiqdan asal, smetana, kanakunjut moyi va ikki bo’lak ezilgan sarimsoqpiyozni aralashtiring. Bu vosita sochlaringizdagi qazg’oqlarni kamaytirishda samarali yordam beradi. Mazkur niqobdan haftada bir marta foydalanishingiz mumkin.

Limon sharbati. Yarimta limonni siqib, sharbatini ajratib oling. Kanakunjut, zaytun va kungaboqar yoQidan bir choy qoshiqdan olib, limon sharbatiga aralashtiring. Ushbu aralashmani soch yuvishdan yarim soat oldin sochlaringizga suring.

Limon po’stlog’i. 6 dona limon mevasi po’stlog’ini ajratib olib, 1 litr suvga soling. Аralashmani 15 daqiqa qaynatish lozim, olovni o’chirib, damlamani sovuting, dokada suvni suzib oling. Ushbu damlamada sochlaringizni haftada bir marta yuvishingiz mumkin.

Yog’li qazg’oq bo’lsa yoki soch to’kilsa, bosh terisiga haftada 2-3 marta kalendulaning spirtli damlamasi surish mumkin. Sochlar sochiq bilan o’ralib, 30 daqiqadan so’ng iliq suvda yuviladi.

Zaytun yog’i. To’rt osh qoshiq zaytun yog’ini qizdirib, unga yarimta limondan olingan sharbatni aralashtiring. Iliq massani bosh terisiga suring. Bir soatdan so’ng sochlaringizni odatiy haroratdagi suvda yuvib olishingiz mumkin.

Аgar foyda bermasa…

Аgarda, yuqoridagi retseptlar, damlamalar, niqoblar qazg’oqlarni yo’qotishga yordam bermasa, foydalanayotgan shampuningizni almashtiring. Ular, ehtimol sochlaringiz, bosh teringizni keragidan ortiqcha quritib yoki namlantirib yuborayotgandir.

Doimo katta-katta shakldagi qazg’oqlar sizni bezovta qilsa, dermatologga murojaat qilib ko’ring: qazg’oqlarni teri zamburug’ kasalliklari chaqirgan bo’lishi ham mumkin.

Qazg’oqdan umrbod qutulishning iloji yo’q, teri ma’lum fursat ichida yangilanib turishi odatiy hayotiy jarayondir. Biroq ularni yuqoridagi retseptlar yoki mutaxassis maslahati va ko’magi bilan kamaytirish mumkin.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x