ILMI NUJUM

ILMI NUJUM (arab. — munajjimlik ilmi) , munajjimlik, astrologiya — ayrim kishilar va xalqlartaqdirini osmon yoritqichlarining vaziyatlariga qarab aytish (fol ochish) bilan shugʻullanadigan taʼlimot. Qad. Su-riya, Bobil, Misr, Xitoy, Hindiston, Yunonistonda va oʻrta asrlarda Arabiston, Eron va Markaziy Osiyoda keng taraqqiy etgan. Ibtidoiy jami-yatda insonga uni oʻrab turgan tashqi sharoitdagi tabiat hodisalarini xayoliy ruhlar va xudolar boshkaryotganday boʻlibtuyulardi. Shu sababli, qad. xalqlar oʻzlarining taqdir va irodalarini yoritqichlarning sirli harakatlariga bogliq, deb oʻylar edilar. Munajjimlar voqea sodir boʻlish paytida Quyosh, Oy, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturnning osmon gumba-zidagi vaziyatlariga va ular ufqning qaysi qismida joylashganiga qarab fol ochar edilar. Mirzo Ulugʻbek ham Ilmi nujum masalalari bilan mukammal shugʻullangan. U yozgan «Ziji jadidi Koʻragoniy»ning toʻrtinchi kitobi «Ilmi nu-jum» («Munajjimlik ilmi») deb ataladi (Mirzo Ulugʻbek, Ilmi nujum, T., 1994). Bu kitobda munajjimlikning nazariy va amaliy asoslari keltirilgan. Ilmi nujum 16—17-a. largacha musta-qil fan sifatida dorilfununlarda ham oʻqitib kelingan. Olamning gelio-sentrik tuzilishi sistemasining kashf etilishi Ilmi nujum nufuzini ancha kamaytirdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x