Ilm. Amalning to‘g‘riligi


Post Views:
83

Musulmon kishining amalini qabul bo‘lishi uchun ikki sharti bor:

1. Ixlos
2. Shariatga muvofiq bo‘lishi.

Ulamolarimiz amalni shariatga muofiq bo‘lishida 6 ta narsani shart deb aytganlar ular:

1. Sabab.
2. Jins.
3. Kayfiyat.
4. Miqdor.
5. Zamon.
6. Makon.

Masalan:

1. Sabab: Masjidga kirgan odam taxiyaya namozi o‘qishidir, bunga sabab masjidga kirgan bayt Robbisiga salom beradi. Yoki ehtilom bo‘lgani sababli g‘usl qilish.
2. Jins: Qurbonlikka Alloh ruxsat bergan 4 xil hayvon.
3. Kayfiyat: Tahoratni tartib bilan olish. Yoki namozni qibla tarafga qarab o‘qish. Yoki oldin ruku qilib keyin sajda qilish.
4. Miqdor: Namoz rakatlari, zakotdagi 40 dan 1 ni berish, tavof va say’ni 7 martadan qilish kabilar.
5. Zamon: Namozni, ro‘zani, zakotni, hajni Alloh tayin qilgan vaqtda ado qilish.
6. Makon: Haj amallarini o‘z joyida bajarish. Musulmon kishining bajaradigan amali mana shu ko‘rsatma asosida bo‘lsagina sahih hisoblanadi. Agar Shariatga muvofiq bo‘lmasa bid’atga aylanadi.

Ilhomjon Madaliyev,
“Mo‘yi Muborak Ukkosha” jome’ masjidi imom xatibi

https://shosh.uz/uz/ilm-amalning-to-g-riligi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x