“Besh bosh”


Post Views:
36

«BESH BOSH» – 20-asr boshlarida Turkiston paxta tozalash va paxta moyi ishlab chiqarish sanoatida hukmronlik qilgan aksiyadorlik jamiyati. 1914 yil tashkil qilingan. Paxtani sotib olish, paxta tozalash va paxta moyi zavodlari qurish bilan shug‘ullangan. «Besh bosh»da 5 paxta firmasi – «Vl. Alekseyev», «Br. Shlossberg», «Moskovskoye torgovo-promыshlennoye tovariщyestvo», «Fors», «Bolshaya Yaroslavskaya manufaktura» birlashgan (nomi shundan). Unga 39 paxta tozalash zavodi, 5 paxta moyi zavodi qaragan; bular Turkistonning turli joylarida, shuningdek, Buxoro va Xiva xonligida joylashgan. «Besh bosh» Rossiyadagi «Salomas» sindikatining a’zosi, Rus-Osiyo banki bilan mustahkam aloqada bo‘lgan. Oktyabr to‘ntarishidan ke¬yin (1918 yil mart oyida) «Besh bosh»ning barcha korxona va mol-mulklari natsionalizatsiya qilingan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/besh-bosh-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x