ILGAK

ILGAK — 1) koʻtarish mashinalarining yukni ilib koʻtarish uchun moʻljallangan egik shoxli detali; yuklarni yoki yukni qamrash moslamalarini koʻtarish mashinalarining poʻlat arqoni (kanat) ga yoki zanjirlarga ilishda foydanalaniladi. Yengil (75 kg gacha) yukka moʻljallangan. Ilgak bir yoki ikki shoxli boʻlib, poʻlatdan bolgʻalab yoki quyib tayyorlanadi, ogʻir yuklarni koʻtarish uchun alohida plastinkalardan yigʻib tayyorlanadigan Ilgaklar ishlatiladi;

2) transport mashinalariga tir-kama (pritsep) ni ulash uchun moʻljallangan detal; mas, traktorga tirkamani ulaydigan Ilgak ; 3) eshik va dera-zalarni yopish uchun ishlatiladigan moslama;

4) kiyim-boshga qadaladigan moslama;

5) biror narsani ilib, osib qoʻyish uchun xizmat qiladigan bir uchi kayrilgan moslama, ilmoq. Mac, goʻshtni, qaymoq solingan kosa chambaragini osib qoʻyish uchun ishlatiladi. Bunday Ilgakni yogʻochdan ham qilish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x