Sochlarni chiroyli ko’rinishi uchun

Agar siz yorqin rangli soch sohibi bo’lsangiz quyidagi niqobdan foydalaning.
Bir stakan moychechak gulidan damlama tayyorlab, uni toza sochlarga surting. Damlamani 30 daqiqa sochlarda qoldirib, uni tsefolan va sochiqqa o’rab qo’ying. Keyin esa boshingizni shampun bilan yuving. Moychechak gulining xususiyati sochingiz uchun ayni muddao.

To’q rangli sochlarga qahvali niqobni tavsiya etamiz. Toza sochlarga ikki krujka qahvani surib chiqing. Qahva sochlaringizda 30 daqiqa turishi kerak. Qahvaga shakar qo’shilmagan bo’lishi shart, so’ng sochlaringizni iliq suvda shampun bilan yuvib tashlaysiz.

Malla rangli sochlaringizga shoxona jilva berishda quyidagi niqob katta yordam beradi. Bir xil o’lchamdagi sabzi va lavlagi sharbatini aralashtirib sochingizga surting va dush uchun mo’ljallangan qalpoqchani kiyib, bir necha daqiqa davomida sochingizni fenda isiting. Isitish jarayoni tugagach niqob sochlarda 15 daqiqa turishi kerak. Keyin esa uni issiq suvda yuvishingiz mumkin. Bir stakan qaynagan suvga ikki osh qoshiq maydalangan qayin barglarini qo’shib damlama tayyorlanadi. Damlama 15-30 minut tindirilishi kerak. Sochingizni yuvib bo’lgandan so’ng bu damlama bilan uni chayib yuboring. Muolaja bir oy davomida haftasiga 2-3 marta bajarilishi kerak. Qayin barglaridan tayyorlangan malham sochlaringizga jilo beribgina qolmay ularni mustaxkamlaydi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x