IKROMJONOV Akmaljon Toʻrayevich

IKROMJONOV Akmaljon Toʻrayevich (1952.20.4, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston BA akad. (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1998). Respublika rassomlik bilim yurtini tu-gatgan (1971), I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik intida taʼlim olgan (1971—77). M. Uygʻur nomidagi sanʼat in-ti (hoz. Milliy rassomlik va dizayn in-ti) da pedagog (1977—82); 1990-y. dan prof. Ikromjonovning dastlabki asarlarida mahobatlilik, ulugʻvorlik koʻzga tashlanadi; 80-y. larning 2-yarmidan rassom vatandoshlari qiyofasi va ruhiy dunyosini, tabiat va uning sahovatini, tarixiy shaxslar, ijtimoiy mavzularni milliy yorqin, oʻziga xos tarzda uygʻun ranglarda, umumlashma, ramziy cheksiz makonda tasvirlaydi: «Rassom Bahodir Jalolov» (1976), «Chingiz Ahmarov portreti» (1980), «Surxondaryo zamini» (1985), «Rahimbobo», «Bodomxon aya portreti» (1986), «Alisher Navoiy», «Kamoliddin Behzod» (1988), «Bobirga bagishlov» (1990), «Mirzo Ulugʻbek portreti» (1994), «Mevali natyurmort», «Qumgʻonli natyurmort» (1996) va b. «Moviy qoʻshiq», «Bahor», «Togʻdagi soy», «Naʼmatak guli» (1998—2002) manzaralari Toshkentdagi Oqsaroyni bezab turibdi. «Zamin navolari» triptixi (1988), «Chaqmoq» (1989), «Orol — mening dardim» (1989—90) asarlari uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1990). Ikromjonov haqida «Akmal» telefilmi yaratilgan («Oʻzbektelefilm», 1999). Ikromjonov asarlari bilan respublika va chet mamlakatlar koʻrgazmalarida qatnashadi. Asarlari ayrim respublika va xorijiy muzeylarda, shaxsiy toʻplamlarda saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x