IJROQOʻM BUVA

IJROQOʻM BUVA, Aminov Tur sinbuva (1891-Qoʻqon-1978) taniqli xalq askiyachisi. Dastlabki yillarda qishloq kengashiga rais, jamoa mirobi boʻlgan. Ilk bor 1922-y. Bachqir qishlogʻida Yuzboshi buva, Erkaqori Karimovlar bilan askiya qilishgan. Askiyani toʻplash va oʻrganishda olimlarga yordam berish, askiyani davr talabiga mos rivojlantirish, ayniqsa yosh askiyachilarni tarbiya qilishda xizmatlari katta. «Bedana» payrovini dangasalarga qarshi kurash b-n bogʻlagan, «Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?» kichik askiya shaklini payrov darajasiga koʻtargan. 1963-y. dan Qoʻqon teatri sahnasida askiyachilarning chiqishini tashkil etgan. Y. Nosirov, O. Qodirov, A. Begimov va b. uning shogirdlari.

Ad.: Muhammadiyev R., Askiya, T., 1970.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x