Ayollarni avtomobil boshqarishi

Ayollar uchun mashina boshqarish — jiddiy mashg’ulot. Ularda o’zlarini avaylay bilish instinkti kuchli rivojlangani sababli, mashina boshqarishdan asosiy maqsad mo’ljallangan manzilga tez emas, balki sog’-omon etib olishdir. Bunda avtomobilga ham, mashina salonidagi yo’lovchilarga ham zarar etmasligi muhim o’rinni egallaydi. Ana shu sabab ayollar erkaklarga qaraganda yo’lda sodir bo’ladigan avtohalokatlarga kamroq uchrashadi.
Bundan tashqari, ayollar avtomashina boshqarayotgan paytda ko’proq sokin musiqa tinglashni ma’qul ko’rishadi. Ma’lumki, bu turdagi musiqa avtomobilni boshqarishdan deyarli chalg’itmaydi. Yana ayollar erkaklarchalik yo’l harakat qoidalarini zo’r bilmasalarda, ikkilangan holatlarda boshqalarga yo’l beradilar. Mashinani ham avaylab boshqaradilar, unga yumshoq munosabatda bo’ladilar.
Lekin, hamma ayollar haydovchilar ham shunday emas. Endigina rulga o’tirgan ayollarni qo’rquv hissi uzoq vaqtgacha ta’qib qiladi. Quyidagi tavsiyalar shaharning gavjum ko’chalarida mashinani qiyinchiliksiz boshqarishga yordam beradi.

  1. Birinchi navbatda, o’zingizni bo’sh quying, rulga yopishib olmang. Mashinani xotirjam boshqarish lozim.
  2. Aksariyat katta ko’chalar 1 yo’nalishda 3ta qatnov yo’lidan iborat. O’ng qatorni ko’pincha taksi haydovchilari egallab olishadi, Chap qatordan esa «o’pkasini qo’ltiqlagan»lar uchib o’tishadi. Shu sababli, manzilingiz hali uzoq bo’lsa, o’rta qatorda harakatlaning.
  3. Agar siz belgilangan tezlik me’yorida harakatlanayotgan bo’lsangiz, «Tezroq yur» qabilidagi ovozli va chiroqli signallarga e’tibor qilmang, kerak bo’lsa aylanib o’tishadi.
  4. Aksariyat erkaklar ruldagi ayollarni qo’rqitishni yoki e’tiborini o’ziga qaratish uchun turli «qiliq»lar qilishadi. Ayniqsa, rulda yoshroq yigitlar bo’lsa. Chorrahada turgan holida gazni bosish, o’zining qatori mutlaqo bo’sh bo’lsa ham sizning qatoringizga tiqilish, svetofor chirog’i yashil yonib ulgurmasidan g’ildiraklarni chiyillatib qo’zg’alish shular jumlasidandir. Bunday holatlarda befarq bo’ling, umuman u tomonga qaramang, go’yo u siz uchun mavjud emas.
  5. Ba’zi erkaklar o’zlarini ko’rsatib qo’yish uchun poygalar uyushtirishadi. Ulardan o’zib ketsangiz o’zlarini tahqirlangan hisoblab, qandoq bo’lmasin sizdan o’zib ketishga kirishishadi. Bunday holatlarda «xaqiqiy erkak»larga yo’l bering, ular bilan o’chakishmang. «Qo’rib qo’y, sendan zo’rman» deb kerilib yuraverishsin. Siz bo’lsa, mashinangizni qiynamang, u sizga hali ko’p xizmat qilishi lozim.
  6. Serqatnov ko’chalarda oraliq masofani saqlashni, yon qatorga o’tish yoki burilishdan ancha avval ogohlantiruvchi chiroqlarni yoqishni unutmang. Bu favqulotta vaziyatda oldingizdagi mashinaga urilmaslik kafolatini beradi.

Vaqt o’tib, sizning mahoratingiz oshib, yo’llarda ancha epchil bo’lib qolasiz. O’sha vaqt kelganida ham siz uchun manzilga sog’-omon etib olish oliy maqsad bo’lib qoladiveradi degan umiddamiz.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x