IGOR

IGOR (? – 945) – Kiyevning ulugʻ knyazi (912-y. dan). Ryurikovichlar sulolasining dastlabki knyazi. Igor oʻzidan oldingi knyaz Olegning ishini davom ettirib, Dnestr va Dunay daryolari oraligʻidagi jan. slavyan qabilalarini boʻysundirgan, drevlyanlar qoʻzgʻolonini bostirgan. 913-y. I. qoʻshinlari Kaspiy qirgʻoqlari boʻylab Bokugacha borgan, 941 va 944-y. larda Vizantiyaga yurish qilib gʻalaba qozonolmagach, shartnoma tuzgan. Igor drevlyanlardan ikkinchi marta solik, undirish paytida oʻldirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x