KOʻPRIN Aleksandr Ivanovich

KOʻPRIN Aleksandr Ivanovich [1870.26.8(7.9), Varovchat sh. — 1938.25.8, Leningrad] — rus yozuvchisi. Dastlabki asarlarida kambagʻallar hayotini, kishilarning ogʻir turmush tarzini realistik tasvirlagan («Ofat» qissasi, 1896). Ijodida ijtimoiy-tanqidiy kayfiyatlarning kuchayishi «Yakkama-yakka olishuv» (1905), «Oʻra» (1909—15) qissalarida aks etgan. Nafis ifodalangan obrazlarning xilma-xilligi, lirik holatlari «Olesya» (1898), «Gambrinus» (1907), «Yoqut koʻzli bilagoʻzuk» (1911) kabi qissa va hikoyalarida mujassamlashgan. «Listrigonlar» ocherklar turku mi (1907 — 11) bor. 1919—37 y. larda muhojirlikda (asosan, Parijda) yashab, «Yunkerdar» (1928-32), «Janeta» (193233) qissalarini, bir qancha ocherk va hikoyalarni yaratdi. Ularning koʻpchiligi esdaliklar asosida yozilgan. Uning koʻpgiva asarlari boʻyicha ssenariylar yozilib, ekranlashtirilgan. Asarlari chet tillarga, shu jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x