ICHKI XOʻJALIK REJASI

ICHKI XOʻJALIK REJASIxoʻjalik yurituvchi subyektlarning belgilangan maqsadlari va unga erishish chora-tadbirlari majmui. Ichki xoʻjalik rejasi muayyan xoʻjalik yurituvchi subyektning ixtisoslashuvi va mavjud i. ch. resurslarini hisobga olgan holda belgilanadigan vazifalar hamda ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini aks etti-ruvchi ichki meʼyoriy hujjatdir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida Ichki xoʻjalik rejasi bevosita u yoki bu mahsulot (tovar)ga nisbatan talab va taklif, sifat jihatdan isteʼmol qilinish darajasi, narx va b. omillar asosida belgilanadi. Ichki xoʻjalik rejasida belgilangan barcha vazifa va chora-tadbirlar xoʻjalik yuritish subyektining biznes rejasida aks ettiriladi. Biznes rejani tuzishda xoʻjalikdagi tashkiliy, iqtisodiy, tabiiy (mas, q. x. korxonalarida) omillar asosida har bir tarmoqning i. ch. salohiyatiga erishish, tarmoklarning muqobil uygʻunligini taʼminlash hamda ilgʻor texnologiya, texnika va tajribalarni tadbiq qilish asosida kam xarajat evaziga eng yuqori daromad (sof fonda) olish, xoʻjalikni barqaror rivojlantirish va raqobatbardosh tovarlar bilan bozorlarni egallash asosiy vazifalar sifatida tan olinadi (yana q. Biznes rezka).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x