ISH HAQI MINIMUMI

ISH HAQI MINIMUMI, eng kam ish haqi — mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar mamlakatdagi barcha korxonalar, tashkilotlarda mehnatga toʻlanadigan haqning davlat tomonidan rasmiy belgilangan eng kam mikdori. Oylik Ish haqi minimumi stavkalari yoki soatbay haq shakllarida joriy etiladi. Oʻzining iqtisodiy-ijtimoiy mazmuniga koʻra, Ish haqi minimumi insonning munosib turmush darajasining eng kuyi chegarasini belgilaydi. Ish haqi minimumi hayot vositalarining minimal qiymatiga toʻgʻri keladi va amaldagi qonunlar boʻyicha maʼlum davr mobaynida (odatda bir oy davomida) insonning yashashi uchun kerak boʻlgan hayot vositalari minimumini sotib olishga (minimal isteʼmol byudjetini qoplashga) yetishi lozim. Ish haqi minimumi har doim ham tirikchilik minimumiga boglik boʻlmay, muayn davrlar uchun davlatning moliyaviy imkoniyatlariga qarab, mamlakatning oʻz iqtisodiyoti va xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanishi va davriy oshib borishi mumkin. Ish haqi minimumi jahon mamlakatlarida Xalqaro mehnat tashkilotining Kon-vensiyalari (Minimal ish haqini belgilash amaliyotini yaratish toʻgʻrisidagi 26konvensiya va Minimal ish xaqini rivojlanayotgan mamlakatlarni alohida hisobga olgan holda belgilash toʻgʻrisidagi 131konvensiya) ta-lablariga rioya qilgan holda tartibga solinadi. Inflyatsiya jarayonida Ish haqi minimumini indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlari bilan amalga oshiriladi. Davlat soliqlari, toʻlovlar, jarimalarni hisoblashda, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʻi darajalarini belgilashda ham Ish haqi minimumi baza tarzida foydalaniladi. Oʻzbekistonda 1992-y. dan boshlab joriy qilingan. Ish haqi minimumi 4535 soʻm qilib belgilangan (2002, 1 avg.).

Qodirjon Yusupov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x