IBROHIMOV Ahmad Pochchayevich

IBROHIMOV Ahmad Pochchayevich (1928.12.12, Turkiston) — biokimyogargenetik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), biol. fanlari d-ri (1966), prof. (1969). Toshkent farmatsevtika in-tini tugatgan (1950). Samarkand qishloq. xoʻjaligi in-ti organik va biol. kimyo kafedrasida dotsent, kafedra mudiri (1954—57). Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi intida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1967—71), ayni vaqtda nuklein kislotalar lab. mudiri (1967 — 76), 1996-y. dan Oʻzbekiston FA Usimliklar eksperimental biologiyasi in-ti (1997-y. dan Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi in-ti) da gʻoʻza molekulyar genetikasi lab. mudiri. Ilmiy ishlari gʻoʻza turlari va navlarida oqsil va nuklein kislotalar biosintezining molekulyargenetik xususiyatlari, gʻoʻzaning vertitsillyoz viltga chidamligini oshirishning nazariy masalalariga bagʻishlangan.

As: Molekulyarnogeneticheskiye osobennosti ustoychivosti xlopchatnika k viltu. T., 1978; Biosintez belkov i nukleinovыx kislot xlopchatnika v ontogeneze, T., 1986.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x