IBROHIM ibn MASʼUD

IBROHIM ibn MASʼUD (? – 1099) — Gʻaznaviylar davlati hukmdori (105999). Masʼud I (1030-41) ning oʻgʻli, Maxmud Gʻaznaviyning nabirasi. Akasi Farruxzod (1053—59) vafot etgach, taxtga oʻtirgan. Farruxzod hukmronligi davrida saljuqiylar bilan boshlangan urushni toʻxtatib, oʻzaro sulh tuzishga (1059) va hatto Malikshoh (1072 — 92) ning qizini oʻgʻli Masʼud (1099—1114) ga olib berib, ular bilan quda-anda boʻlishga muvaffaq boʻlgan. Soʻng, Hindistonga qoʻshin tortib, bobosi Mahmud Gʻaznaviy u yerda zabt eta olmagan bir qancha qalʼa va viloyatlarni fath qilgan, aholisini Islomga kiritgan. Ibrohim ibn masʼud ibn M. gʻoyatda taqvodor, adolatli, xalqparvar, ilmparvar hukmdor boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x