HUSAM OTA MAJMUASI

HUSAM OTA MAJMUASI — Kashqadaryodagi meʼmoriy yodgorlik (11 — 19-a. lar); Koson tumanidagi Pudina qishlogʻida. Majmua maqbara, masjid, ziyoratxona, tahoratxona, 3 darvozaxona, katta-kichik bir necha maqbaradan iborat (umumiy tarhi 60×60 m). Maj-mua markazida Husam ota maqbarasi (11 —12-a. lar, bir necha marta qayta tiklangan), ziyoratxona (6,5×6,5 m) va 2 kichik daxma (bu daxmalarda Husam otaning oʻgʻillari dafn etilgan), uning shim. tomonida 9 gumbazli mas-jid joylashgan (16—17-a. lar, 20-a. boshida taʼmirlangan). Masjid yonidagi tor yoʻlak orqali majmuaning eng qad. binosi — Isʼhoq ota maqbarasi (5,5×6 m)ga oʻtiladi (11-a.); maqbara peshtoq-gumbaz-li, burchaklariga guldastalar ishlangan. Isʼhoq ota maq-barasining bir tomonida 1 xonali daxma (rivoyatlarga koʻra Isʼhoq otaning qizi dafn etilgan, 12-a.), boshqa tomonida Mansur Muhammad degan kimsaning 2 xonali maqbarasi joylashgan. Hovli oʻrtasida hovuz boʻlib, atrofi koʻkalamzorlashtirilgan. Ikkala guruh binolar asimmet-rik boʻlib yagona koʻp gumbazli, tor hovlili mujassamotni tashkil k,ilgan. 19—20-a. boshlarida qad. poydevor ustiga ustunli ayvon, gumbazli masjid qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x