Homiladorlikda naʼmatak isteʼmol qilish mumkinmi?

Farzand kutayotgan ayollarning koʻpchiligini bir savol qiziqtiradi – homiladorlik vaqtida naʼmatak ichsa boʻladimi? Naʼmatak oʻzida vitaminlar saqlashi va xushboʻy taʼmi bilan boshqa rezavorlardan ajralib turadi. Ammo, homiladorlik vaqtida ayol kishi faqatgina oʻz organizmiga emas, balki tugʻilajak farzand organizmiga ham javobgar boʻladi.

Homiladorlik – oʻziga xos boʻlgan jarayon. Ayrim ayollar uchun foydali boʻlgan mahsulotlar, baʼzilar uchun zararli, hatto xavfli boʻlishi ham mumkin. Ayniqsa, naʼmatak sharbati bu borada shubhalidir, shu sababli bu mevaning oʻziga xos boʻlgan xususiyatlari va uni homiladorlik vaqtida qanday qabul qilish kerakligi haqida batafsil bilib olish zarur.

naʼmatak
Foto: Depositphotos.com


Naʼmatakning vitaminli tarkibi va uni qoʻllash

Xalq orasida naʼmatak mevasi juda qadrlanadi. Hech qaysi bir oʻsimlik mevasi naʼmatak kabi vitaminlar, minerallar, makro va mikroelementlar saqlamasa kerak. Xalq tabobati va kosmetologiya sohasida naʼmatakning urugʻi, guli va ildizi ishlatiladi. Ammo, uning eng foydali qismi – yaxshi pishgan qizgʻish-olovrang mevasidir. Bu mevalar saqlashda qiyinchilik tugʻdirmaydi, muzlatish va quritish ham oson.

Naʼmatak mevasi uch asosiy qismdan tashkil topgan: achchiq-chuchuk qism, dagʻal qobiq va qattiq yeb boʻlmaydigan danakchalari. Foydali moddalarning koʻpchiligi mevasida saqlanadi. Unda temir, fosfor, kaliy, magniy, marganes, kremniy va mis mikroelementlari bor. Urugʻda esa C, K, B1, B2, E guruh vitaminlari koʻp saqlanadi.

Xalq tabobati ham naʼmatak mevasining foydali jihatlari haqida koʻp maʼlumot beradi. Naʼmatak mevasidan turli xil siroplar tayyorlanadi va ular gepatit va xolesistit kasalliklarini davolashda yaxshi samara beradi. Naʼmatakdan olingan moy yara, jarohat, kuygan teri, stomatit va bachadon boʻyni eroziyasi bitishini tezlashtiradi.

Homiladorlik vaqtida naʼmatakni qoʻllasa boʻladimi?

Homiladorlik vaqtida naʼmatakni qoʻllashga yaqqol qarshi koʻrsatma yoʻq, albatta agar ayolda naʼmatak mevasiga allergkc reaksiyalar boʻlmasa. Meʼyorida qabul qilingan naʼmatak organizm uchun juda foydali va mazali hamdir. U organizmdagi vitamin yetishmovchiligini oʻrnini toʻldiradi, shamollashga qarshi taʼsir etadi. Ammo, naʼmatak sharbatidan meʼyoridan ortiqcha isteʼmol qilish maqsadga muvofiq emas.

Homiladorlik vaqtida ayol organizmida suyak tizimidan kalsiy qonga koʻp ajralib chiqa boshlaydi va ular rivojlanayotgan homila uchun sarflanadi. Naʼmatak sharbatidan ortiqcha ichish va uning tarkibidagi C vitamini esa shu jarayonni tezlashtirib yuboradi, natijada tishlarda emal qavati kamayishi mumkin.

Naʼmatakning homilador ayol organizmiga koʻrsatadigan taʼsiri qanday?

Naʼmatak urugʻlari homiladorlar uchun ayniqsa oʻzida organik kislotalarni koʻp saqlashi bilan foydali taʼsir koʻrsatadi. Naʼmatak mevasining 36 % qismini oʻsimlik tolasi tashkil etadi, ular inson organizmida parchalanmaydi.

Va oshqozon-ichak tizimida toʻplanib qolgan qoldiq-shilliqlarni oʻzi bilan birga olib chiqib ketadi, boshqacha qilib aytganda organizmni toksik moddalardan tozalaydi.

A vitamini homiladorlik kechishi uchun zarur boʻlgan moddalardan biri. Ammo, bu vitaminning organizmda koʻp toʻplanishi salbiy taʼsirga ega, yaʼni homilada turli xil anomaliyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ammo naʼmatakda koʻp saqlanadigan karotin moddasi (provitamin A) bunday salbiy taʼsirga ega emas.

Karotin moddasi yogʻ toʻqimalarida toʻplanadi va retinolga aylanadi. Ortiqchasi esa zararsiz boʻlib, organizm ehtiyoji tugʻilganda yana sarflanadi. Shu sababli naʼmatakda saqlanuvchi karotin moddasi homiladorlar uchun hech qanday xavf tugʻdirmaydi.

Naʼmatakning yana bir foydali jihati – C vitamining koʻp saqlanishidir. Vitamin C immun tizimini ragʻbatlaydi va shamolashning oldini olishda ancha samaraga ega.

Bundan tashqari, naʼmatakning quyidagi xususiyatlari ham bor:

  • Qon-tomirlar devorini mustahkamlaydi va ularni ortiqcha xolesterindan tozalaydi;
  • Toʻqimalar regeneratsiyasini tezlashtiradi;
  • Gormonlar ajralib chiqishini tezlashtiradi;
  • Arterial qon bosimini pasaytiradi;
  • Organizmning umumiy tonusini saqlab turadi.
  • Oʻzining nordon taʼmi bilan homiladorlikning ilk oylarida kuzatiladigan toksikoz belgilarini kamaytiradi.

Naʼmatak oʻsimligi organizmga foydali taʼsir koʻrsatishi uchun uning qismlaridan qanday qilib damlamalar tayyorlashni yaxshi bilish zarur. Naʼmatakdan foydali damlamalar tayyorlashning bir qancha usullari bor, ular nafaqat foydali balki xushboʻy taʼmli hamdir.


Naʼmatak oʻsimligini toʻgʻri qabul qilish​ usullari

Naʼmatakni homiladorlik vaqtida nastoyka, choy va sirop koʻrinishida qabul qilish mumkin. Koʻpgina vitamin va foydali moddalar qaynatilganda oʻzining taʼsir kuchini yoʻqotadi, shu sababli oʻsimlik qismlarini qayantib emas, balki qaynatilgan suvda eritib tayyorlash zarur.


Nastoyka tayyorlash

Nastoyka tayyorlashning bir necha usullari mavjud. Sharbat tayyorlash uchun quritilgan yoki yangi holdagi naʼmatak quyidagi nisbatda olinishi kerak: 1 osh qoshiq oʻsimlikni 200-250 ml suvda eritish. Mevalarni butunligicha olib, qaynagan suvga solisha lozim va idish ogʻzi berkitilishi kerak. Shu holatda damlama 3 soat davomida tindirib qoʻyiladi. Tayyor boʻlgan nastoyka dokadan oʻtkaziladi.

Homiladorlik vaqtida naʼmatak nastoykasi kuniga 3 mahal ichiladi, bundan ortiqcha miqdor tavsiya etilmaydi.

Bundan tashqari, maydalangan va ezilgan mevalarni qaynatilgan suvga solib, 6-8 soat davomida tindib, olingan sharbatni ham kuniga 3 mahal ichish mumkin. Tayyorlangan nastoykalar 1 sutkadan ortiq saqlanishi kerak emas. Aks holda ular oʻz foydalilik jihatini yoʻqotadi. Balki organizmga toksik taʼsir koʻ​rsatish ehtimolligi ham yoʻ​q emas.


Naʼmatak damlamasini tayyorlash usuli

Naʼmatak damlamasini tayyorlash uchun 2 osh qoshiq quritilgan naʼmatak mevasi 1 stakan qaynagan suvda eritiladi. Tayyor boʻlgan damlama 15-20 daqiqa qaynatiladi. Tayyor boʻlgan aralashma ogʻzi berkitilib 10 soat qoldiriladi. Damlama ham nastoyka kabidir, uni kun davomida yarim stakandan uch mahal qabul qilish kerak boʻladi. Damlamaning samaradorligini oshirish uchun ovqatlanishdan oldin isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Damlamada mineral moddalar koʻp saqlanadi, nastoykada esa vitaminlar koʻp. Uy sharoitida har ikkala foydali moddalarni ham qabul qilish mumkin boʻlgan sharbat tayyorlasa ham boʻladi. Buning uchun 2 osh qoshiq quritilgan va maydalangan naʼmatak oʻsimligi suvga solib qaynatish kerak boʻladi. Soʻngra tayyor boʻlgan nastoyka dokadan oʻtkaziladi, oʻsimlik mevalari esa xuddi shu idishga solinadi.

Aralashma yana qaynatiladi va sovigandan soʻng dokadan oʻtkaziladi. Ikki xil koʻrinishdagi mevalarni aralashtirib vitaminlar va minerallarga boy boʻlgan sharbatdan isteʼmol qilsangiz boʻladi. Ularni ham bir kunda 3 mahal yarim stakandan qabul qilish kerak.

Naʼmatakdan choy tayyorlash usullari

Bir paketcha choy va 1 oshqoshiq naʼmatak quritilgan mevasidan 1 stakan qaynagan suvga solinadi va 15 daqiqa kutiladi. Tayyor boʻlgan choy kunning har qanday qismida taʼbga koʻra qabul qilinadi. Naʼmatakdan tayyorlangan choy tarkibiga faol moddalar konsentratsiyasi nastoyka va damlamaga nisbatan kamroq. Shu sababli naʼmatakdan tayyorlangan choy homiladorlar uchun hech qanday xavf tugʻdirmaydi.

Yuqorida keltirilgan barcha usullarda taʼbga koʻra asal yoki shakardan ham foydalansa boʻladi. Sharbat taʼmini yanada oshirish uchun boshqa rezavorlardan ham foydalanish mumkin, masalan malina, smorodina, oblepixa.

Naʼmatakdan sirop tayyorlash

Homiladorlik vaqtida naʼmatakni qanday usullar bilan qabul qilish mumkin ekanligini koʻrib chiqdik. Ulardan tashqari, yana bir foydali usul ham bor – bu sirop koʻrinishida naʼmatakni qabul qilish. Siropda shakar koʻp saqlanganligi uchun qandli diabet va ortiqcha tana vaznidan aziyat chekuvchilar uchun tavsiya etilmaydi.

Qarshi koʻrsatmalar boʻlmaganda sirop ham homiladorlik vaqtida foydali, homilador ayol organizmidagi vitamin yetishmovchiligi oʻrnini toʻldiradi.

Naʼmatak isteʼmol qilishga qarshi koʻrsatmalar

Naʼmatak oʻsimligi organizmga juda foydali boʻlishi qaramay ayrim holatlarda uni qabul qilishga qarshi koʻrsatmalar ham bor. Ushbu oʻsimlik mevasining kislotaligi yuqori boʻlganligi sababli oshqozon ichak tizimi bilan bogʻ​liq muammolar boʻlgan homilador ayollarga qabul qilish tavsiya etilmaydi (gastrit, oshqozon kislotaligi yuqori boʻlgan holatlarda).

Naʼmatak qon bosimini pasaytirish xususiyati ham bor. Buni inobatga olgan holda gipotonik va yurak qon-tomir tizimi kasalliklari bilan kasallangan ayollarga qabul qilish maqsadga muvofiq boʻlmaydi. Tromblar hosil boʻlishi va buyraklar bilan bogʻliq muammolar boʻlgan holda ham oʻsimlikni isteʼmol qilish mumkin emas.

Naʼmatak, bundan tashqari har qanday mevalarni allergiyaga moyilligi boʻlgan insonlar va individual koʻtara olmaydiganlarga qabul qilishi tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik vaqtida ayol organizmida gormonal oʻzgarishlar kuzatilganligi sababli organizm odatiy holatda boʻ​lmasligi mumkin. Shu sababli naʼmatakdan foydalanayotganda meʼyor va tartibga jiddiy eʼtibor qaratish lozim.

Har qanday salbiy taʼsir yuzaga chiqadigan boʻlsa (teri toshmasi, oshqozonda ogʻriq va boshqalar) naʼmatakni qabul qilishi darhol toʻxtatish va shifokorga murojaat etish zarur.


Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

Hoziroq bepul yuklab oling

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x