Homiladorlik davrida jinsiy aloqa❗️

Homiladorlik davrida jinsiy aloqa❗️

1-oy. Odatda bu oyda ayol o‘zining homiladorligiga ham shubha qilmaydi. Bu vaqtda homila hattoki, UTTda ham ko‘rinmasligi mumkin. Shu sababli bu oyda cheklashlar bo‘lmaydi.

2-oy. Bu vaqtda kelib oila yangi mehmon to‘g‘risida xabar topadi. Ayol hisobga turadi, tahlillar o‘tkaziladi. Tushish xavfi kabi belgilar bo‘lganligi sababli odatda vrach tomonidan jinsiy hayot cheklanadi. Agar bunday xavf bo‘lmasa, cheklash zarur emas.

3-oy. Bu oy yakunida ko‘pchilikda bo‘ladigan toksikoz tugaydi. Aynan shu sabab ham ayol jinsiy aloqani istamasligi mumkin.

4-oy. Bu oyda toksikoz o‘tib ketgan, qorin hali katta emas (xalaqit beradigan darajada emas), ayol tetiklashgan bo‘ladi. Bu oyda jinsiy hayot cheklanmaydi. Faqat ona qorniga ortiqcha bosim bo‘lmasligi kerak.

5-oy. Bu oyda ko‘pgina ayollarda jinsiy mayllik oshadi. Tibbiy tomondan cheklashga ko‘rsatma bo‘lmasa, har bir daqiqadan unumli foydalaning.

6-oy. Homiladorlikning 2-trimestrida ayolda bir qancha o‘zgarishlar bo‘ladi: shilliq qavatlarga qon quyiladi, shishib, ko‘p miqdorda shilliq ajratadi, qin bo‘shlig‘i shish hisobiga torayadi. Shu sababli ham aynan shu vaqtda ayollar ko‘proq aloqadan qoniqish his qilishadi.

7-oy. Bu oyda qorin sezilarli kattalashadi va hafta sayin kattalashib boradi. Ko‘pchilik bo‘lg‘usi otalar ayolga yaqinlashishga ham qo‘rqadi. Qarshi ko‘rsatma bo‘lmasa, jinsiy hayotni davom ettirish mumkin, faqat qulay holatda.

8-oy. Bu oyda jinsiy mayl ayolda pasayadi. Bunga sabab oldindagi tug‘ruq va unga bo‘ladigan ehtiyojlar (tug‘ruqxona, bolaning kiyimlari, joyi va b.). Lekin ushbu oyda ham jinsiy hayotning davom etishi endorfinlar ajralishiga va juftlikning quvonchiga sabab bo‘ladi.

9-oy. Ko‘pgina vrachlar tug‘ruqqa qadar jinsiy aloqa bilan shug‘ullanishni maslahat berishadi. Bu tug‘ruq

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x