Homilador bo‘lish uchun eng ma’qul kunlar

Turmushga chiqqan har qanday ayol tezroq homilador bo‘lsam deydi. Buning uchun eng oddiy chora — homilador bo‘lish uchun maqbul kunlarni bilishingiz kerak.Homilador bo‘lish uchun eng ma’qul kunlar

Agar hayz sikli 28 kundan iborat bo‘lsa, hayzning 15-16 kunlarigacha ovulyatsiya sodir bo‘ladi. Ovulyatsiya bo‘lgan kunda tuxumdonda urug‘lanish uchun yetilgan 1 ta yoki undan ortiq tuxum hujayra avval qorin bo‘shlig‘iga, so‘ng bachadon nayiga chiqadi. Bu yerda spermatozoidlar (erkaklik urug‘lari) bilan uchrashsa, urug‘lanadi. Bu urug‘langan tuxum xujayra bachadonga tushib, ma’qul sharoitlar bo‘lsa, bachadon devoriga o‘rnashib, homiladorlik boshlanadi. Tuxum hujayra ayol organizmida 24-36 soat yashasa, spermatozoidlar 3 kundan to 5 kungacha yashashi mumkin. Shuning uchun ovulyatsiya bo‘lgan kunni aniqlab, shu kunlarga (ovulyatsiya bo‘lgan va undan keyingi 2 kun) homiladorlikni rejalashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu kuni, bu kundan ikki kun oldin va keyin jinsiy yaqinlik yuz bersa, homilador bo‘lish ehtimoli ortadi. Ovulyatsiya har hayz siklida o‘zgarib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x