Homilador bo’lish yo’llari..

Homilador bo’lish yo’llari..
Ba’zi ayollar bu savolni bermay turib oson homilador bo’lib qoladilar, ba’zi sog’lom juftliklarda esa, bir nech oy davomida saqlanilmagan jinsiy aloqa bo’lishidan qat’iy nazar homiladorlik vujudga kelmaydi. Ayol tabiiy ravishda tezroq homilador bo’lib qolishi uchun quyidagilarni bilishi lozim:
Homiladorlik tezroq yuz berishi uchun:
1. Ayol o’z ovulyasiya kunlarini bilishi darkor. Aynan ovulyasiya kuni yoki undan 1-2 kun oldin sodir bo’lgan jinsiy aloqa natijasi homiladorlik bo’lishi mumkin.
2. Er-xotin stressdan xoli bo’lishi kerak. Qarindoshlarning, qo’ni-qo’shnilarning «Nega ikkiqat bo’lmayapsan?»,»Tezroq ikkiqat (homilador) bo’lish kerak», degan gaplarini o’ylab siqilib yurish homiladorlik vujudga kelishini ortga suradi.
Homilador bo’lish niyatidagilar yaxshi xayolda bo’lib, asabiylashmay, janjallashmay, hadeb homilador bo’lish haqida o’ylab yurmay, yaxshi kayfiyatda bo’lishlari foydali bo’ladi.
3. Jinsiy aloqadan so’ng ayol tezda yuvinmasligi kerak. Ba’zi sovunlar spermatozoid sifatiga ta’sir ko’rsatib, uning urug’lantirish qobiliyatini va harakatchanligini pasaytirishi mumkin.
4. Ayol homilador bo’lishi uchun o’zi ham, eri ham ichish va chekishni imkon qadar kamaytirishi yoki umuman tashlashi kerak. Alkogol va nikotin spermatozoid sifatiga va harakatlanuvchanligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
5. Erkak jinsiy a’zolarini juda ham isitib (masalan, saunada) va aksincha, juda ham sovutib (qish kunlari) qo’ymasligi lozim. Jinsiy a’zolardagi yuqori harorat va muzlash erkak spermatozoidlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Undan tashqari erkaning ichki kiyim va shimi siqmaydigan, qizdirmaydigan, bo’shroq turadigan bo’lishi kerak.
6. Mavrak (shalfey) damlamasi ham homilador bo’lishga yordam berishi aniqlangan. Mavrak tarkibidagi moddalar spermatozoidni ayol tuxumdoni tomon tezroq harakatlanishini ta’minlashi aniqlangan. Hayz tugaganidan keyin 11 kun davomida ayol mavrak damlamasidan kuniga 2-3 mahal 1 osh qoshiqdan ichishi kerak.
Mavrak damlamasi: 1 choy qoshiq mavrak o’ti 1 stakan qaynagan suvda damlanadi.
7. Spermatozoidning sifati va miqdori jinsiy aloqalar soniga ham bog’liq. Shuning uchun ovulyasiya kunidan oldin 2-3 kun davomida jinsiy aloqada bo’lmay, aynan ovulyasiya kuni aloqada bo’lish tavsiya etiladi. Shunda spermatozoidlarni miqdori ko’paygan, sifati esa yaxshilangan bo’ladi.
8. Ba’zi dietalar ham homilador bo’lishga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun homilador bo’lishni rejalashtirayotgan ayol dieta tutmasligi kerak.
9. Ko’pchilik xush ko’radigan kofe homilador bo’lish imkoniyatini oz bo’lsada pasaytiradi. Shuning uchun kofe va kofeinga boy mahsulotlardan voz kechib turgan ma’qul.
10. Erkakning ovqatlanish rasioniga ahamiyat berish kerak. Spermatozoidlarning harakatlanuvchanligini oshiruvchi go’sht, baliq va danaklardan ko’proq yeyish maqsadga muvofiq bo’ladi.
11. Toza havo va sog’lom hayot tarzi homilador bo’lish uchun eng yaxshi vosita. Homiladorlikka tayyorlanuvchi er-xotin har kuni kamida 1-2 soat davomida toza havoda bo’lishi, radiasiya va virusli infeksiyalardan xoli bo’lishi kerak.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x