HOMIDXONOV Muzaffar Zohidxonovich (1916.26.7 — Toshkent — 1972.25.6) — energetika sohasidagi olim, Oʻzbekiston FA akad. (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966), texnika fanlari dri (1961), prof. (1962). Oʻrta Osiyo industrial in-tini tugatgan (1940), shu in-tda oʻqituvchi, aspirant, Chirchiq elektrokimyo kombinatida sinovchi-muhandis (1941—45), Toshkent politexnika inti (ToshPI) da dotsent, kafedra mudiri (1946—62), Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika in-ti direktori (1956— 62), Oʻzbekiston FA Prezidiumi Bosh ilmiy kotibi (1962—70), ToshPI rektori (1971—72). «Fan va turmush» jurn. bosh muharriri (1972).
Asosiy ilmiy ishlari yangi samarali avtomatlashtirilgan oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr asboblari nazariyasini, hisoblash usullari va ratsional sxemalarini ishlab chiqishga, tok va kuchlanish oʻzgartirgichlari, ularni boshqarish va himoyalash qurilmalarini tatbiq etishga bagʻishlangan. Ventilli oʻzgartirgichlar orqali taʼminlanadigan va avtomatik tarzda boshqariladigan chastotali soz-lovchi elektr yuritmalarni ishlab chiq-qan. Ilmiy ishlanmalari bir necha korxona (mas, Chirchiq elektrokimyo kombinati, Chirchiq—Boʻzsuv GES lari kaskadi, «Toshqishxoʻjmash» z-di) ga tatbiq qilingan. Bsruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). Toshkent texnika universi-teti binosiga yedgorlik lavhasi oʻrna-tilgan. Toshkent sh. koʻchalaridan biri Homidxonov nomi bilan atalgan.
As: Chastotnoye upravleniye asinxronngm elektroprivodom, T., 1959; Elektrik yuritma va uni boshqarish asoslari (darslik), T., 1970 (hamkorlikda); Kompensionnne vtrya-miteli, T., 1973 (v soavtorstve).