HOTAMOV

HOTAMOV Orifxon (1927.10.10, Jizzax — 2002.25.9, Toshkent) — xonanda, sozanda (tanbur, gʻijjak), bastakor. Oʻzbekiston xalq hofizi (1993). Milliy mumtoz musiqa (ma-qom, ashula, katta ashula, bastakorlik) sanʼatining yirik vakili. Toshkent musiqa bilim yurtini gʻijjak ixtisosligi boʻyicha tugatgan (1954). Hofizlik va tanbur chalish yoʻllarini ustozi J. Sultonovdan oʻzlashtirgan. Muqimiy teatri (1944), Oʻzbek davlat filarmoni-yasi (1945-50), Oʻzbek radiosining xalq cholgʻulari orkestri (1956—59), etnografik ansambli (1959-76), *Ma-qom» ansambli (1976-89) da sozan-da, ayni paytda M. Uygʻur nomidagi Sanʼat in-ti (1989—99), Toshkent konservatoriyasi (1999-y. dan)da peda-gog. Repertuaridan katta ashula («Ohkim», «Daydi Tanavor», «Boʻlmish» va b.), mumtoz ashula («Fe-ruz», «Abdurahmonbegi», «Hanuz», «Qoʻshchinor», «Suvora» va b.) va maqom yoʻllari («Dugoh Husayn», «Bayot» kabi), 20-a. bastakorlari («Sodirxon Ushshogʻi», S. Bobosharipov; «Ul kun jonon», J. Sultonov; «Dogʻman», K. Otaniyozov va b.) hamda oʻzbek mumtoz va zamonaviy shoirlar gʻazallariga oʻzi bastalagan («Naylayin», «Qoshi yosinmu deyin», «Qora boʻlib-dur», Navoiy; «Sensan sevarim», Lutfiy; «Yor oʻtdimu», S. Zunnunova; «Holimni soʻrmaysan», Sadoiy; «Ohista-ohista», T. Toʻla; «Subhidam», P. Moʻmin; «Vatandir», «Paydo boʻlibdur», Chustiy va b.) asarlari oʻrin olgan. Hotamov kuchli, koʻlami keng, shirador va dardli ovoz sohibi. H. ning oʻziga xos ijro va ijo-diy uslubi nozik did, teran maz-mundorligi bilan ajralibturadi. Koʻp yillar davomida Hakimjon Fayziyev, keyinchalik oʻgʻillari Axrorxon va Ismoilxonlar bilan hamnafaslik qilib, ovozlar ravonligi va mutanosibligi, tanbur-dutorning dil-kash Muloqotiga asoslangan joʻrovoz yoʻlida ijod qilgan. Ijrolari va bastakorlik asarlari Oʻzteleradio-kompaniyasi fonotekasiga, bir necha gramplastinka va kompakt diskga yozilgan. «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Ad.: Begmatov S, Orifxon Hotamov, T., 2000.

Rustam Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x