HOLAT DIAGRAMMASI

HOLAT DIAGRAMMASI, muvozanat diagrammasi, fazoviy diagramma — fizik-kimyoviy sistemaning tarkibi va holat parametrlari orasidagi munosabatning geomet-rik ifodasi. Holat parametrlari — termodinamik sistema holatini ifo-dalaydigan fizik kattaliklar (t-ra, bosim, solishtirma hajm, magnitlanganlik, elektr qutblanish va h. k.). H. d. bir yoki koʻp komponentli moddaning muvozanat holatini geometrik tarzda ifodalaydi. Bu holat bir fazali, ikki fazali va koʻp fazali boʻladi. Fazalar gazsimon, suyuq, qattiq, oʻta oʻtkazuvchan, segnetoelektrik va b. boʻlishi mumkin.

Agar sistema bitta komponentdan iborat boʻlsa (eng sodda hol), H. d. toʻgʻri burchakli uch koordinata oʻqiga (bu oʻqdar boʻyicha t-ra T bosim R va mol qajm V qoʻyiladi) qurilgan 3 oʻlchovli fazoviy shakl koʻrinishini oladi.

Ikki fazali muvozanat holat egri chiziqlar, 3 fazalisi esa nuqta bilan tasvirlanadi. Har qanday modda qat-tiq, suyuq va gazsimon fazasining muvozanatiga mos keluvchi 0 nuqta unlama nuqta deyiladi. Koʻp kompo-nentli sistemalarning Holat diagrammasi murakkab boʻladi. Holat diagrammasini eksperimental qurishda fizik-kimyoviy, termik va rent-genografik analiz, optik va elektron mikroskopiya, dilatometriya va b. usullardan foydalaniladi. Holat diagrammasi amal-da, metallshunoslik, metallurgiya va kimyoning turli sohalarida keng qoʻllanadi. Qotishmalarning erish sohasi, t-rasi termik ishlov rejimlari Holat diagrammasiga koʻra aniqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x