FORMALIZM

FORMALIZM (lot. sormalis — forma, shaklga oid) — inson faoliyatining turli sohalarida shakl (forma)ni mazmunga nisbatan ustun qoʻyish. Urfodat, axloq qoidalarini, hatto hayotiy vaziyat ularni ahamiyatsiz qilib qoʻyganda ham, soʻzsiz bajarishda, kishi koʻziga qonunni hurmat qilayotgandek boʻlib, aslida unga koʻpda rioya qilmaslikda koʻrinadi. Jamiyatni boshqarishda byurokratizm, toʻrachilikda namoyon boʻladi.

Sanʼat va adabiyotda Formalizm — realizmga zid boʻlgan badiiy metod. Sanʼatda Formalizm sanʼat va voqelikni qaramaqarshi qoʻyish, badiiy shaklni mazmundan ajratish, shaklning alohidaligi va ustunligini taʼkidlashdan iborat. Formalizm 19-a. ning oxiri va 20-a. da paydo boʻlgan formalistik oqimlar — futurizm, ekspressionizm, syurrealizm va b. ning umumiy nomi. Formalizm sanʼat mavjud hayotning inʼikosi emas, inson subyektiv olamining hayotdan mustaqil koʻrinishidir, deb daʼvo qiladi. Sanʼatning tarbiyaviy rolini, uning milliyligini, milliy anʼanalarini inkor etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x