HAZINIY XOʻQANDIY

HAZINIY XOʻQANDIY (taxallusi; asl nomi Ziyovuddinxon Kat-taxoja oʻgʻli Haziniy toʻra) (1867 — Qoʻqon yaqinidagi Katta Kena-gas qishlogʻi — 1923) — shoir va shayx. Qoʻqondagi Jomeʼ madrasasida tahsil olgan. Qurʼon, tafsir, hadis, fiqh, kalom, adabiyot ilmlarini chuqur oʻzlashtirgan. Tasavvuf taʼlimoti bilan izchil shugʻullangan. 30 yoshida murshididan irshod (ta-riqat rahnamoligiga ruxsat) olib, «Haziniy toʻra» va «Eshonbuva» nomlari bilan xalq orasida eʼzozlangan, uz davrining yetuk qodiriya tariqati shayxi sifatida eʼtirof etilgan va «Murshidi Fargʻona» nomiga musharrafvaliy zot boʻlib tanilgan. Dehqonchilik bilan kun kechirgan. Bogʻlar barpo qilgan, binolar qurdirgan. Qabri oʻz qishlogʻi-da. Bu qabrmaqbara va uning atrofidagi obidalar meʼmoriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan.

19-a. 2-yarmi va 20-a. boshlarida koʻchirilgan koʻplab qoʻlyozma bayozlar va majmualardan Haziniy Xoʻqandiy sheʼrlari oʻrin olgan. 1910—15 y. larda Toshkentning Orifjonov, Porsev va Laxtin matbaalarida «Bayozi Haziniy» toʻplamlari bir necha bor nashr etilgan.

Haziniy Xoʻqandiy mumtoz sheʼriyat janrlaridan gʻazal, murabbaʼ, muxammas va musaddaslar yozgan. Adabiy merosi 4.000 misra atrofida. Shoir asarlarini gʻoyaviy mavzui boy. Uning tasavvuf ruhidagi asarlarida sof soʻfiyona maʼno va mazmun tarannum etilsa, axloqiy mavzudagi bitiklarida poklik, odamiylik, sahovatpeshalik kabi yuksak insoniy fazilatlar ulugʻlangan.

Haziniy Xoʻqandiyning oʻndan ortiq gʻazallariga muxammas bogʻlangan va naziralar qilingan.

«Bayozi Haziniy»ning toshbosma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi (inv. № 12665, 14850, 15197). Fargʻona sh. da uy-muzeyi tashkil qilingan, Haziniy Xoʻqandiy nomida jamoa xoʻjaligi, bogʻ, maktab, kutubxonalar bor.

As: Tasadduq, yo Rasululloh [Sheʼrlar], T., 1992; Devon, T„ 1999.

LL. Joʻraboye v O. R.,Haziniy Xoʻqashshy hayoti va ijodiy merosi, T., 2003.

Otabek Joʻraboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x