JAMOL KAMOL

JAMOL KAMOL (Kamolov Jamol; 1938.26.4, Shofirkon tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1992). Buxoro pedagogika in-tining filologiya f-tini tugatgan (1959). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati boʻlimida masʼul kotib (1970—72), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida aspirant va ilmiy xodim (1972—86). Lirik sheʼr tuzilishi boʻyicha i. t. olib borgan. Fafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir (1986 — 88), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1991—96). Jamol Kamolning ilk sheʼriy toʻplami «Olam kirar yuragimga» 1968-y. da nashr etilgan. «Choʻqqilarga yogʻildi yogʻdu» (1970), «Tosh tugʻyoni» (1972), «Hasan va oy» (1974), «Quyosh chashmasi» (1975), «Qadah» (1978), «Dostonlar» (1980), «Suvaydo» (1982), «Umidli dunyo» (1988) kabi sheʼriy toʻplamlariga kirgan sheʼrlarida mumtoz sheʼriy anʼanalar bilan zamonaviy sheʼriy jarayon oʻzaro uygʻunlashtirilgan. Jamol Kamol fransuz mumtoz adabiyotining namoyandasi Bualonint «Sheʼriy sanʼat» asarini, ozarbayjon shoiri Baxtiyor Vahobzodaning Muhammad Fuzuliy haqidagi «Shabihijron» dostonini, Shekspir, A. S. Pushkin, Ya. Raynis asarlarini, Jaloliddin Rumiy, Sotim Ulugʻzoda singari adiblarning sara asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x