HAYDARALIYEV Hamdam (aslida Tosh-xoʻja Rasulxoʻjayev) (1887, Namangan — 1922, Shahrixon) — oʻzbek xalq professional artisti, raqqos, ashulachi, chavandoz. Sahnada katta ashula, raqs bilan lapar ijro etgan. «Ot oʻyin» tomoshasida otning buyni va qornidan aylanish, egar ustida charx urish, ot ustida tik turib otni choptirish, 2 — 3 ot ustidan birbiriga sakrab oʻtish, maymun oʻynatish va b. oʻyinlarni namoyish qilgatch. Rus, fors, arab, turk tillarini yaxshi bilgan, shu tillarda ashula aytgan, raqslar ijro etgan. «Koʻp erdi», «Bir kelib ketsun», «Noma yozding» kabi katta ashulalarni taqsimcha tutib otasi bilan aytgan. Oʻzi yozib ijro etgan «Noz oʻzga-chayu, sitam boʻlakcha» ashulasi el orasida mashhur.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые