ChELEKEN

ChELEKEN — Kaspiy dengizining sharqiy qirgogʻidagi yarim orol, Turkmaniston hududida. Dastlab (20-a. ning 30-y. larida) orol boʻlgan. Kaspiy dengizi suv sathining pasayishi natijasida 1937-y. dan yarim orolga aylangan. Mayd. 500 km2. Yer yuzasi tekislik. Markaziy kismida Chuxrak qirlari (100 m) joylashgan. Chelekenning koʻp kismini shoʻrxoktaqirlar, doʻng va barxan qumlar egallagan. Iklimi quruq, yozi issiq, qishi nisbatan iliq. Tuproqoʻsimlik qoplami jihatidan tipik choʻl. Neftgaz, ozokerit konlari; tarkibida yod, brom boʻlgan mineral buloqlar bor, dengiz boʻylarida baliq ovlanadi. Gʻarbiy qismida (dengiz boʻyida) Cheleken sh. joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x