ChERDANSEV Gleb Nikanorovich

ChERDANSEV Gleb Nikanorovich (1885.4.8, Omsk 1958.5.12, Moskva) — iqtisodchi va geograf olim, Oʻzbekiston FA akad. (1956), iqtisod fanlari dri (1936). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1955). Peterburg Politexnika intini tugatgan (1909). Odessada (1910—15), Turkiston oʻlkasining turli boshqarmalarida (1915 — 17) ishlagan. Turkiston xalquntining rektori (1918). TurkASSR Davlat plan qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1922—23), XXSR Davlat plan qoʻmitasi raisi (1923). Moskva Geodeziya, aerofotosyomka va xaritagrafiya muhandislari inti prof. (1924 — 58). Asosiy ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyo energetikasi, q. x. va irrigatsiya, moliyasavdo ishlari, mehnat va transport vositalari, iqtisodiy rayonlashtirish masalalarini oʻrganishga qaratilgan. Toshkentdagi koʻchalardan biri Cherdansev nomi bilan atalgan.

As: Vodnoye pravo Turkestana v yego nastoyaщyem i proyektax blijayщyego buduщyego, T., 1921; Sredneaziatskiy ekonomicheskiy rayon, T., 1922; K istorii ekonomicheskix issledovaniy v Karakalpakskoy ASSR, T., 1950.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x