HAYBATSOQI

HAYBATSOQI (1846 – hoz. Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati — 1906) — soqi. H. koʻplab doston, ter-ma, qoʻshiqlarni yoddan bilgan, doʻmbirani turli usullarda cherta bilgan va jarangli ovoz sohibi boʻlgan. Haybatsoqi mashhur Qunduzsoqining shogirdi sifatida anʼanaviy laqay soqichilik maktabiga xos boʻlgan «Goʻroʻgʻli» turkumidagi dostonlardan «Goʻroʻgʻlining tugʻilishi», «Goʻroʻgʻlining Gur-jistonga borib, Avazxonni olib kelishi», «Ahmadning Goʻroʻgʻliga daʼ-vosi», «Goʻroʻgʻlining qoshiga ikki elchining kelishi», «Koʻktemir sav-dogarning Avazxonga dori berishi», «Goʻroʻgʻlining Rayhonarab bilan uru-shi», «Goʻroʻgʻlining Sanam va Gavhar nomli qizlari», «Avazxon va qorakoʻz», «Avazning Girdob koʻliga safari», «Guloyimpari», «Nurali» kabi dostonlar va xalq qoʻshiqlarini ijro etib, oʻziga xos maktab yaratgan. Haybatsoqining oʻgʻli Toʻlasoqi (1886—1968) ham yirik goʻroʻgʻlixon sifatida min-taqada shuhrat qozongan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x