HAMZA

HAMZA (1963-y. gacha Vannovskiy posyolkasi) — Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi shahar. QoʻqonAndijon t. y. dagi stansiya (t. y. posyolka yonidan 1890-y. da oʻtkazilgan). Viloyat markazi (Fargʻona sh.) gacha 36 km, tuman markazi (Oltiariq shaharchasi) gacha 7 km. Aholisi 13 ming kishiga yaqin (2005). Shahar oʻrtasidan Katta Fargʻona kanalioqiboʻtadi. Hamzada neftni qayta ishlash, mineral suvni qadoqlash z-dlari, neft sisternalarini bugʻlab yuvish st-yasi, neft mahsulotlari taʼminoti va don mahsulotlari korxonalari, MTP, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 3 umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar gimnaziyasi, kasb-hunar kolle-ji, kutubxona, madaniyat uyi, sta-dion mavjud. Shaharni Fargʻona hamda Margʻilon sh. lari bilan birlashtiruvchi respublika ahamiyatidagi avto-magistral kesib oʻtadi va Qoʻqon sh. bilan bogʻlaydi. Hamzadan Fargʻona, Margʻilon, Qoʻqon va b. shaharlarga avtobus va marshrutli taksilarqatnaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x