CHILTOʻGʻON

CHILTOʻGʻON (aslida nomi Chilchoʻptoʻgʻon, yaʼni Chilpoya — yogʻochdan yasalgan qirq oyok^i toʻgʻon) — qad. gidrotexnika moslamasining maxsus turi. «Chorpoya — toʻrt oyoq», «sepoya — uch oyoq» turlari ham boʻlib, daryo, soy va kanal (shohariq) sohillarini mustahkamlash, toʻgʻon yoki suvayirgʻichlar barpo etishda foydalanilgan. Chilpoya toʻsinga ayri shaklida yogʻochda qator qirqta oyoq oʻrnatilib yasalgan.

Chiltoʻgʻon — chilpoyali chilchoʻptoʻgʻon Toshkent sh. ning asosiy suv manbai Kaykovus kanali. ustiga oʻrta asrlarda qurilgan. Sebzor va Koʻkcha daha yerlarini suv bilan taʼminlovchi suvayirgʻichbosh toʻgʻon hisoblangan. Hoz. Chiltoʻgʻon oʻrnida Taxtapul suv taqsimlovchi gidrotexnika inshooti barpo etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x