Adabiy uchrashuvlarning birida oʻn ikki yoshlar chamasidagi chaqchaqakoʻz bola Erkin akaning kitobini uzatib, dastxat soʻradi. Muallif tilaklarini yozayotgan chogʻda, shu kitobdagi sheʼrlarning barini oʻzingiz toʻqiganmisiz, deb savol berdi bolakay.
– Barini emas, – oʻzini kulgidan zoʻrgʻa tiyib javob qildi Erkin aka. – Nuqta-vergullarning baʼzilarini “korrektor” degan odamlar toʻqigan.
Anvar OBIDJON
“Yoshlik”, 2017 yil 10-son
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/hammualliflar/