HAKIMXONTURA

HAKIMXONTURA, Xoʻja muhammad Hakimxontoʻra bin Sayid Maʼsumxon (1802, Qoʻqon — ?) — tarixchi olim, maʼrifatpar-var. Hakimxontura ona tomondan Qoʻqon xoni Nor-boʻtabiyning nabirasi, Olimxonnnng jiyani; ota tomondan mashhur soʻfi shayxlardan Ahmad Xojagi Kosoniy (Maxdumi Aʼzam) avlodidan boʻlgan. 1822-y. da H. Toʻraqoʻrgʻonga, soʻngra namangan va Kosonga hokim qilib tayinlangan. Keyinchalik xonning gʻazabiga duchor boʻlib xonlikdan ketkazilgan. 1824-y. da H. Orenburgda rus imperatori Aleksandr I bilan uchrashgan. U Rossiyadan keyin Turkiya, Suriya, Falastin, Misr orqali Makka va Madinaga borgan. 7 y. Misr, Ara-biston va Eronda, 1830 — 31 y. lar Buxoroda yashagan. Umrining soʻnggi yillarida Shahrisabzda yashab, «Mun-taxab attavorix» («Yilnomalar toʻplami») nomli tarixiy asar yozgan. Bu asar Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi tarixiga oid muhim manbalardan hisoblanadi. Unda paygʻambarlar haqidagi rivoyatlar, qad. Eron, Arab xalifaligi, somoniylar, sal-juqiylar, xorazmshohlar, moʻgʻullar, temuriylar va boburiylar davri tarixidan qisqacha maʼlumotlar berilgan. Shuningdek, Buxoro va Qoʻqon xonliklarining tashkil topishidan boshlab 19-a. ning 40-y. larigacha boʻlgan tarixi batafsil tasvirlangan. Unda Rossiya, arab mamlakatlari va Eronga qilgan sayohatlari natijasida olgan taassurotlari va shu jumladan, mazkur mamlakat xalqlarining turmushi, urf-odatlariga oid maʼlumotlar ham oʻrin olgan. Asarning oʻzbek va fors tillaridagi variantlari mavjud.

Haydarbek Bobobekov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x