CHINIQTIRISH

CHINIQTIRISH — 1) texnikada — yangi ishlab chiqarilgan mashinalar (avtomobil, traktor, tramvay, trolleybus, samolyot, t. y. sostavi, stanoklar va b.)ni dastlab muayyan maromda (rejimda) ishlatib, astasekin ravon ishlaydigan holga keltirish. Mac, avtomobilni meʼyoriy (pasportda koʻrsatilgan) tezlikda hayday boshlashdan oldin muayyan pastroq tezlikda haydab yurish kerak boʻladi. Shunda uning birbiriga ishqalanib moslashuvchi detallari (mac, dvigatelining silindri bilan porsheni) muddatidan oldin yeyilib ketmaydi, ravon ishlaydigan boʻladi. Samolyot va vertolyotni sinovchi uchuvchilar chiniqtiradi. T. y. sostavi ham oldiniga yoʻlovchilarsiz haydab sinab koʻriladi;

2) tibbiyotda — organizmning tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidamliligini oshirish, shartli refleks omillarini kuchaytirish uchun bajariladigan muolajalar majmui (q. Organizmni chiniqtirish).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x