HAKIMOV Malik Hakimovich

HAKIMOV Malik Hakimovich (1921.25.10 – Toshkent – 1980.12.5) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972). Yuridik fanlari d-ri (1965), prof. (1967). 2-jahon urushi qatnashchisi (1939— 1942). Toshkent yuridik in-tini tugatgan (1945). Butunittifoq sirtqi yuridik in-ti Toshkent filia-lining direktori (1949—50). Toshkent yuridik in-tida katta oʻqituvchi (1950-53). VSSPSning Toshkent oliy maktabida kafedra mudiri va direktor oʻrinbosari (1953—56). Partiya tarixi in-tida sektor mudiri (1956 — 57). 1958-y. dan umrining oxirigacha Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq in-ti sektor mudiri. Hakimovning ilmiy ishlari davlat huquqi, oʻzbek davlatchiligi tarixiga bagʻishlangan. Toshkent sh. Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi.

Ad.: Ezgulikka bagʻishlangan umr, T., 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x