HABBUL-MULUK

HABBUL-MULUK, habbul-malik (Sgo1op) — sutlamadoshlarga mansub bir uyli buta yoki kichik daraxtlar turkumi. Ikkala yarim sharning tro-pik va subtropik oʻrmonlarida, asosan, Amerikada 700 ga yaqin turi tarqalgan. Boʻyi 4—6 m gacha (ayrim hollarda oʻt), barglari ketma-ket joylashgan, tishli, egilgan, koʻproq kulrang-yashil yoki yaltiroq. Gullari yashilroq, boshoqchaga yigʻilgan, bir yoki ikki jinsli. Mevasi chanoq. Jan.Sharqiy Osiyoda oʻsadigan, Shrilan-ka, Filippin va b. tropik mamlakatlarda ekiladigan S. I§1sht turi kichik daraxt yoki buta, urugʻida 50% gacha tibbiyotda ishlatiladigan kroton yogʻi bor. Urugʻi zaharli. X-M. ning S. ye1i1epa va S. saksagSha turlari poʻstlogʻida xushboʻy, achchiq dorivor kaskarilla moddasi mavjud. Undan liker i. ch. va tamakini fermentatsiyalashda foydalaniladi. Koʻpgina turlarining smolali sharbati zaharli; ayrim turlarining shar-batidan lok olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x