CHATIRKOʻL

CHATIRKOʻL — Kirgʻiziston Respublikasi Norin viloyatidagi kul. Markaziy Tyanshanda. Shim. da Otboshi va jan. da Toʻrugʻarttov togʻlari orasida, 3530 m balandlikdagi soylikda joylashgan. Mayd. 175 km2, uz. 23,5 km, eng keng joyi 12 km. Koʻl sayoz, oʻrtacha chuq. 3,8 m (eng chuqur joyi 22 m). Chatirkoʻlga atrofidagi togʻlardan bir qancha soy va jilgʻalar oqib tushadi, undan suv oqib chiqmaydi. Iyuniyul oylarida suv sathi ancha koʻtariladi, yanv. fevralda pasayadi. Suvi chuchuk, sharkiy qismida bir oz shoʻr. Noyab. dan apr. gacha muz bilan qoplanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x