“Gʻazab ahmoqlik bilan boshlanib, nadomat bilan tugaydi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

***** 

Gʻazab ahmoqlik bilan boshlanib, nadomat bilan tugaydi.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

***** 

«Agar iymoning zaiflashib, ibodatga dangasalik qilayotgan boʻlsang, ushbu duoni koʻp oʻqigin:

اللهُمَّ لا تجعلْنِي شَقِيًّا ولا محْرُومًا

«Allohumma laa tajʼalniy shaqiyyav valaa mahrumaa»

Maʼnosi: “Ey Alloh! Meni badbaxt va (ibodat lazzatidan) mahrum qilmagin!”

Shayx Shinqitiy rahimahulloh 

***** 

Eng afzal holatda boʻlganingda eng yomon holatdagilarga yordam berishga harakat qil.

Uill Smit 

***** 

Mening nima demoqchiligimni bilmagan paytingda, uni oʻzing istagan maʼnoda sharh qilma.

«Tarix muxrlagan soʻzlar» 

***** 

Ayollarning taʼlim olishiga koʻnmaydilar. Lekin xotinlari kasal boʻlib qolsa, ayol shifokor qidiradilar.

Doktor Ali Virdiy

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/gazab-ahmoqlik-bilan-boshlanib-nadomat-bilan-tugaydi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x