“Qattiq shamol esib, boʻron boʻlayotganda yonimda turmagan kishiga Quyosh chiqqanda ehtiyojim tushmaydi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

Kechirish oson. Lekin unutish va qayta ishonch bildirish — mana shu eng qiyini.

Ingliz maqoli 

***** 

OTANING OʻRNINI BIRORTA INSON BOSOLMAYDI

— Otajon, mening tabassumim bilan sizning tabassumingiz orasida qanday farq bor?

— Oʻgʻlim, sen xursand boʻlganingda tabassum qilasan. Men esa seni xursand holda koʻrganimda tabassum qilaman. 

Qattiq shamol esib, boʻron boʻlayotganda yonimda turmagan kishiga Quyosh chiqqanda ehtiyojim tushmaydi.

“Sukutdagi sadolar”dan 

***** 

Hasad, chaqimchilik, baxillik kabi kasallliklarga mubtalo boʻlganlarga Alloh taolo tezda komil shifo bersin!

***** 

Boshqalarni kuzatish, ularning xatolarini ovlash bilan mushgʻul boʻladigan kimsalarda oʻzlaridagi kasallikni koʻrgani, oʻz nafslarini muolaja qilgani vaqtlari boʻlmaydi.

“Ajoyib fikrlar”dan 

https://saviya.uz/ijod/nasr/qattiq-shamol-esib-boron-bolayotganda-yonimda-turmagan-kishiga-quyosh-chiqqanda-ehtiyojim-tushmaydi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x