GVIANA

GVIANA, Fransiya Gvianasi (Guyane) — Jan. Amerikaning shim.sharqidagi mamlakat. Fransiya mulki («dengiz ortidagi departamenta»). Mayd. 91 ming km2. Aholisi 157 ming kishi (1990-y. lar oxirlari), asosan kreol, indeys va negrlar. Axrlisining yarmi Gviananing maʼmuriy markazi — Kayenna sh. da yashaydi. Rasmiy tilfransuz tili.

Tabiati. Gviana Gviana yassitogʻligining shim.-sharqida joylashgan. Yer yuzasining oʻrtacha bal. 300—400 m, eng baland joyi 850 m. Iklimi subekvatorial, issiq va sernam. Oʻrtacha oylik t-ra 26—28°. Yillik yogʻin 3200—3500 mm. Asosiy daryolari: Maroni, Oyapoki. Gviana hududining 90%i qimmatbaho yogoch beradigan sernam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan.

Tarixi. Qadimdan Gviana hududida ovchilik, baliq ovlash, yovvoyi oʻsimlik mevalarini yigʻish bilan kun kechiruvchi koʻchmanchi indeyslar yashagan. Gvianani dastlab 1604-y. da fransuzlar bosib olgan va bu yerda 1634-y. da Kayenna sh. ni barpo etgan. Gviana hududi 17-a. oʻrtalaridan 19-a boshlarigacha Fransiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Niderlandiya davlatlari oʻrtasida talash boʻlib keldi. 1817-y. dan fransuzlar Gvianada mustahkam oʻrnashib oldilar. 18-a. oxiridan 20-a. boshigacha Gviana fransuz siyosiy mahbuslari surgun qilinadigan joy boʻlgan. 1946-y. 19-martda Gviananing mustamlaka maqomi Fransiyaning dengiz ortidagi depertamenti qilib oʻzgartirildi.

Xoʻjaligi. Aholining asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik. Mahsuloti eksport qilinadigan ekinlardan shakarqamish (asosan rom tayyorlash uchun), kofe, kakao, banan; ichki ehtiyojlar uchun makkajoʻxori, sholi, sitrus mevalar va sabzavot yetishtiriladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Okeandan dengiz hayvonlari, baliq ovlanadi.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: oltin qazib chiqarish, yogʻoch tayyorlash.

Oltin eksport mollari qiymatining qariyb yarmini, yogʻoch 1/4 qismini tashkil etadi. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Chetga krevetka (qisqichbaqaning mayda turi), pushti daraxt ekstrakti, xom teri, balik, moyi chiqaradi. Chetdan qurilish materiallari, yoqilgʻi, matolar, turli jihozlar keltiriladi. Tashki savdo asosan Fransiya bilan olib boriladi. Dengiz va havo yoʻllari orqali Fransiya, Angliya, AQSH va b. mamlakatlar bilan bogʻlangan. Kuru sh. yaqinida Fransiyaning kosmik tadqiqotlar boʻyicha milliy markazi va kosmodrom joylashgan.

Pul birligi — fransiya franki.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x