GAUSTORLAR

GAUSTORLAR (lot. haustor — ichuvchi, yutuvchi, soʻruvchi) — 1) parazit holda hayot kechiradigan oʻsimliklar (mas, chirmoviq) ning yashil oʻsimliklarga yopishib, ulardan oziq modda soʻrib oluvchi oʻsimtasi, soʻrgʻichi;

2) parazit zamburugʻlar (mas, un-shudring zamburugʻlari)da vegetativ ipning yashil oʻsimlik hujayrasi ichiga sanchilib kirgan uchi;

3) oziq moddalarni nutsellyus va murtak qopchasidan rivojlanayotgan embrionga oʻtkazib beruvchi bir hujayrali yoki koʻp hujayrali oʻsimta;

4) yoʻsinlardagi sporogon bandining ostki qismi, u gametofit toʻkimasiga sanchilgan boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x